Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

G‘allaorolda yosh oilaning 4 a’zosi bevaqt o‘lim topdi

G‘allaorolda yosh oilaning 4 a’zosi bevaqt o‘lim topdi

Bugun, 9-yanvar kuni soat 14:04 atrofida G‘allaorol tumani tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limiga tumandagi Ko‘kgumbaz MFY qarashli Qorong‘ul qishlog‘ida yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan D.Sh. xonadoniga chaqiriq qayd etilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berishicha, tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga yetib borganida oila a’zolari, xonadon sohibi D.Sh va uning turmush o‘rtog‘i, 1987- yilda tug‘ilgan N.Sh, 6 yoshli o‘g‘li A.Y. hamda 3 yoshli qizi O. Y.da biologik o‘lim aniqlangan.

Ularni birlamchi  tekshiruvdan o‘tkazilganda «is gazidan  o‘tkir zaharlanish» dastlabki tashxisi qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring