Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada 12 yoshli bolani poyezd urib yubordi

Farg‘onada 12 yoshli bolani poyezd urib yubordi

Foto: IIV matbuot xizmati

«Andijon-Toshkent» yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi «Marg‘ilon-Oltiariq» temir yo‘l bekatlari oralig‘ida 12 yoshli bolani urib yuborgan. Bu haqda Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xabar berdi.

30-may kuni soat 11:45larda sodir bo‘lgan hodisada piyodalar o‘tish yo‘lagidan velosipedda o‘tib ketmoqchi bo‘lgan 2008 yilda tug‘ilgan Z.J. jiddiy tan jarohati olgan.

U Oltiariq tumani ShTTYoB ga olib borilgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan 2020-yil 2-iyun kuni shifoxonada vafot etgan.

Ushbu baxtsiz hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring