Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada 11 nafar bog‘cha bolasi ovqatdan zaharlandi

Farg‘onada 11 nafar bog‘cha bolasi ovqatdan zaharlandi

2019 yil 25 oktyabr kuni Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining bergan xabariga ko‘ra, Farg‘ona shahar 9-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanayotgan 11 nafar tarbiyalanuvchilar 23-24 oktyabr kunlari «o‘tkir diareya» tashhisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilgan.

Shifoxonaga yotqizilgan tarbiyalanuvchilarda kuzatilayotgan xastalik aralash ovqatlanish natijasida kelib chiqadigan funksional buzilish tashxisi qo‘yilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov ma’lum qildi.

Mazkur muassasa tarbiyalanuvchilariga 2019 yil yanvar oyidan buyon autsorsing tizimi bo‘yicha «Far G.T.» xususiy korxonasi tomonidan mahsulotlar tayyorlanib kelingan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.  

Tekshirishda ommaviy zaharlanish holati haqidagi xabar o‘z vaqtida berilmaganligi bo‘yicha mutasaddi idoralarga xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring