Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yerga yana bir ulkan asteroid yaqinlashmoqda

Yerga yana bir ulkan asteroid yaqinlashmoqda

Foto: «Pixabay.com»

Olimlar Yerga ulkan 153 201 2000 WO107 asteroidi yaqinlashayotganidan ogohlantirmoqda. Uning diametri 370 — 820 metrdan iborat, deya xabar berdi «Vechernyaya Moskva».

Bordi-yu, Yer bilan to‘qnashgudek bo‘lsa, bunday kattalikdagi osmon jismi butun bir davlatni yakson qilishi mumkin. Biroq, mutaxassislarning fikricha, u bizning sayyoramizga hech qanday xavf solmayapti.

Yer bilan asteroid o‘rtasidagi minimal masofa taxminan 4 mln kilometrni tashkil etadi. Uni oddiy ko‘z bilan kuzatib bo‘lmaydi.

Olimlarning ta’kidlashicha, yaqinda kichik bir asteroid sayyoramizga 350 km masofagacha yaqin keldi. Nazariy jihatdan u atmosferaga ham kirishi mumkin edi. Biroq bir necha million kilometr — to‘qnashuv ehtimoli haqida o‘ylash uchun haddan tashqari olislik qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring