Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yer dumaloq emasligini isbotlayman deb halokatga uchradi (video)

Yer dumaloq emasligini isbotlayman deb halokatga uchradi (video)

Foto: «Inhabitat.com»

Kaliforniya (AQSh)da havaskor raketasoz, «Yassi Yer nazariyasi» tarafdori Mayk Xyuz halokatga uchradi. Ko‘ngilsiz hodisa Xyuzning o‘zi tomonidan yasalgan, bug‘ kuchi bilan uchuvchi raketaning qulashi oqibatida ro‘y berdi.

TMZ xabariga ko‘ra, hodisa o‘tgan shanba kuni sodir bo‘lgan. Xyuz o‘z raketasida samoga yo‘l olgandi. Voqea joyida olingan videoga ko‘ra, apparat balandga ko‘tarilganida undan qo‘ndirish parashyuti ajralib tushgan, ammo unda hech kim bo‘lmagan. Qandaydir sabab bilan uchuvchi raketadan chiqa olmagan va halok bo‘lgan.

Bu Xyuzning ilk parvozi emas: 2018-yilning mart oyida o‘zi yasagan raketada 600 metrgacha balandlikka ko‘tarilib, Yerga parashyutda eson-omon qaytib tushgandi.

Aslida limuzin haydovchisi bo‘lgan Mayk Xyuz raketani o‘z garajida yasagandi. U Yer shar shaklida emas, balki yassi deb hisoblovchilarning eng faollaridan edi, o‘z qarashlarini ijtimoiy tarmoqlarda juda qattiq himoya qilib kelgan. Xyuzning maqsadi kelajakda kuchliroq raketa qurib, o‘zining haq ekanini hammaga isbotlash edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring