Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chiroqchida konservadan zaharlangan oilaning katta farzandi ham vafot etdi, otaning ahvoli esa og‘ir

Chiroqchida konservadan zaharlangan oilaning katta farzandi ham vafot etdi, otaning ahvoli esa og‘ir

Avval xabar berganimizdek, Chiroqchi tumani «Langar» MFYda yashovchi oilaning yetti nafar a’zosi uy sharoitida tayyorlangan pomidor konservasidan zaharlanib, viloyat markazidagi shifoxonalarga yotqizilgan edi.

18-noyabr kuni mazkur oila boshlig‘ining turmush o‘rtog‘i Yu.U. vafot etgandi.

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, sanitariya aviatsiyasi xizmati orqali zudlik bilan poytaxtdan ham malakali mutaxassis chaqirtirilib, kerakli tavsiyalar olindi. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan 20-noyabr kuni 09:30 da mazkur oilaning katta farzandi, 2006-yilda tug‘ilgan A.T. ham vafot etdi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialiga keltirilgan oila boshlig‘i, uning turmush o‘rtog‘i va katta o‘g‘liga «Botulizm kasalligining og‘ir darajasi. O‘tkir toksemiya davri. Toksik neyropatiya. O‘tkir nafas yetishmovchiligi I darajasi» tashxisi qo‘yilgan edi.

Ayni paytda otaning ahvoli ham o‘ta og‘irligicha qolmoqda.

Oilaning qolgan to‘rt nafar a’zosi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Ularning ahvoli qoniqarli.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring