Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chiroqchidagi mudhish YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Chiroqchidagi mudhish YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Joriy yilning 8-iyul kuni Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida Sh.Q. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashinasini «Yettitom-Qarshi» yo‘lida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Sh.L. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan. O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada «Neksiya» avtomashinasi haydovchisi Sh.Q. voqea joyida, Sh.L. boshqaruvidagi «Neksiya» avtomashinasi yo‘lovchisi 48 yoshli M.B. kasalxonada vafot etgan. Shuningdek haydovchi Sh.L. va uning yana bir yo‘lovchisi 25 yoshli O.B. ismli ayol jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring