Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda avtobus bekatdagi ikki yo‘lovchini bosib ketdi. Jabrlanuvchilar voqea joyida halok bo‘lgan

Toshkentda avtobus bekatdagi ikki yo‘lovchini bosib ketdi. Jabrlanuvchilar voqea joyida halok bo‘lgan

Foto:«Patrul.kz»

Bugun, 3-may kuni Toshkent avtomobil halqa yo‘lining «Chinni bozor» avtobus bekatida «Mersedes-Bens» avtobusi ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

Toshkent shahar IIBB xabarida aytilishicha, 8-avtobus saroyi tasarrufidagi Mersedes-Bens rusumli 147-yo‘nalish avtobusi yo‘lovchilarni tushirayotganda, o‘z o‘zidan harakatlanib ketgan. 

Harakat vaqtida avtobus bekatda turgan ikki kishini bosib ketgan va taxminan 10 metr masofani bosib o‘tib, oldingi g‘ildiragi bilan beton ariqqa taqalib to‘xtab qolgan. YTH natijasida 14 yoshli S.G. (qiz) va 30-35 yoshlardagi shaxsi aniqlanayotgan ayol voqea joyida halok bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring