Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chilonzordagi «Bo‘rijar» kanalidan ayol murdasi topildi

Chilonzordagi «Bo‘rijar» kanalidan ayol murdasi topildi

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Bugun, 13-fevral kuni soat 7.40da Chilonzor tumani, «Bo‘rijar» kanalida ayol murdasi topilgan. Marhuma taxminan 45-50 yoshda bo‘lgan. Uning tanasidan zo‘ravonlik izlari topilmagan, deya xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Hodisa joyiga Chilonzor IIB va tuman prokuraturasi vakillari yetib kelgan va tekshirish ishlarini olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval shu tumandagi boshqa bir suv havzasidan chaqaloq jasadi ham topilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring