Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chegarani noqonuniy kesib o‘tgan 13 qirg‘izistonlik O‘zbekistonda qo‘lga tushdi

Chegarani noqonuniy kesib o‘tgan 13 qirg‘izistonlik O‘zbekistonda qo‘lga tushdi

Foto:«Sputnik»

O‘zbek harbiylari chegarani noqonuniy kesib o‘tgan 13 qirg‘izistonlikni ushlagan. Bu haqda «24.kg» nashri xabar berdi.

Qirg‘iziston davlat chegara xizmati esa O‘zbekiston tomoni ularni ortga qaytarib yuborganini ma’lum qilgan. Hodisa Batken viloyatining Qadamjoy tumanida sodir bo‘lgan.

Qoidabuzarlar o‘zlari bilmagan holda qo‘shni davlat hududiga o‘tib ketishganini aytishgan.

«Ikki tomon muzokaralari natijasida 13 nafar Qirg‘iziston fuqarosi ortga qaytarildi», —deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring