Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxorodagi YTH ikki kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Buxorodagi YTH ikki kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

2020-yilning 10-fevral kuni taxminan soat 07:30 larda, 24 yoshli haydovchi A.R. boshqaruvidagi «Nexia-2» rusumli avtomashinasida «Xorazm-Buxoro» A-380 avtomobil yo‘li bo‘ylab Romitan tuman hududida harakatlanib ketayotgan vaqtida, boshqaruvni yo‘qotadi. Oqibatda yo‘lning chekkasiga chiqib ketib, bir necha marta aylanadi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida yo‘lovchilar — 49 yoshli U.M. va 42 yoshli D.A.lar hodisa joyida vafot etgan. Haydovchi va 36 yoshli uchinchi yo‘lovchi X.Yu. esa shifoxonaga yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodekining 266-moddasi 3-qismi «a bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring