Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxorodagi mudhish YTHga haydovchining rulda uxlab qolgani sabab bo‘lgan

Buxorodagi mudhish YTHga haydovchining rulda uxlab qolgani sabab bo‘lgan

Foto: IIV YHXBB

2019-yil 29-noyabr kuni soat 07-15larda, Buxoro viloyati Jondor tumani hududidan o‘tgan A-380 «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» avtomobil yo‘lining 305-kilometrida mudhish YTH sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB xabariga ko‘ra, haydovchi Andijon viloyati Andijon shahrida yashagan, 1997-yilda tug‘ilgan S.X. «Neksiya» rusumli avtomobilini «Toshkent-Xorazm» yo‘nalishida boshqarayotib, rulda uxlab qolishi oqibatida, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, Buxoro shahrida yashovchi, 1976-yilda tug‘ilgan X.M. boshqaruvidagi «Higer» rusumli avtobusining yo‘liga chiqib, to‘qnashuv sodir etgan.

Foto: IIV YHXBB

To‘qnashuv natijasida «Neksiya» rusumli avtomobil haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchilari voqea joyida halok bo‘lganlar.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilardan kuchli toliqish holatida transport vositalarini boshqarmaslikni so‘ragan holda bunday holatda harakatlanish haydovchi va yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari xavfsizligiga tahdid solishi haqida ogohlantirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring