Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda neft mahsulotlarini talon-toroj qilib kelgan uyushgan guruh qo‘lga olindi

Buxoroda  neft mahsulotlarini talon-toroj qilib kelgan uyushgan guruh qo‘lga olindi

Foto: Ichki ishlar vazirligi

2019-yil 16-avgust kuni «Gazlineftgazishlabchiqarish» MChJ Qorako‘l tuman IIBga murojaati bilan chiqqan.

Unda qayd etilishicha, 15-avgust kuni ushbu MChJ ga qarashli «Qulbeshkak» gazni kompleks tayyorlash qurilmasi joylashgan cho‘l massividan o‘tgan diametri 325 mm bo‘lgan gaz quvuridan 8.833 tonna gazokondensat mahsuloti o‘g‘irlanganligini bildirgan. DXX viloyat boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari mazkur masala yuzasidan tadbir o‘tkazdi. 

Tadbir davomida Qorako‘l tumanida yashovchi fuqarolar B.S va uning 3 nafar jinoiy sheriklari ushbu quvurni yashirin tarzda teshib, hosil qilingan teshikka qo‘lbola xamut o‘rnatib, 100 metr uzunlikdagi rezina shlang yordamida quvurdan 100 metr uzoqlikda gazokondensat mahsulotini jamlash va tindirish uchun o‘zlari tomonidan qazilib, maxsus tashkil qilingan, hovuzga quvurdan o‘g‘irlangan 2.600 litr gazokondensat mahsulotini tindirish maqsadida jamlab turgan vaqtlarida ushlangan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismiga asosan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari lolib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring