Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda ko‘ngilsiz hodisa. Ona va uning 2 yoshli qizi halok bo‘ldi

Buxoroda ko‘ngilsiz hodisa. Ona va uning 2 yoshli qizi halok bo‘ldi

Kecha, 23-avgust kuni soat 07:15larda Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumani hududidan o‘tuvchi yo‘lda ko‘ngilsiz hodisa sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

«Gajdumak» MFYda yashovchi 40 yoshli U.Q. o‘z boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomashinasini haydab ketayotib, piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan «Vazirshox» MFYda yashovchi 31 yoshli F.N. ismli ayol va uning 2 yashar qizi Sh.M.larni urib yuborgan.

Natijada piyoda ona voqea joyida va qizaloq kasalxonada vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring