Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda 70 yoshli ayol o‘g‘lining o‘limi uchun kelinidan qasd oldi

Buxoroda 70 yoshli ayol o‘g‘lining o‘limi uchun kelinidan qasd oldi

Illyustrativ foto

Buxoro viloyatining Kogon tumanida qotillik yuz berdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum  qildi. 

Unga ko‘ra, shu yilning 5 may kuni kogonlik S.Z. (1950-yilda tug‘ilgan, ayol) hali qirqqa kirib ulgurmagan kelinining boshiga temir jism bilan qasddan uradi. Yetkazilgan jarohat natijasida kelin voqea joyida vafot etadi.

Achinarlisi, ikki oy muqaddam marhumaning turmush o‘rtog‘i o‘z joniga qasd qilgandi. O‘g‘lining o‘limida kelinini ayblab kelgan qaynona buning uchun qasd olishni diliga tugadi.  Shum niyati esa fojiaga olib keldi. Ikki nafar nabirasi g‘irt yetimga aylandi.

Ayni paytda  S.Z. tegishli tartibda ushlangan. Dastlabki so‘roqdayoq aybiga iqror bo‘lgan.

Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari Buxoro viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring