Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxorodagi bozorda sodir bo‘lgan hodisa bo‘yicha prokuratura bayonot berdi

Buxorodagi bozorda sodir bo‘lgan hodisa bo‘yicha prokuratura bayonot berdi

Videolavhadan skrinshot

Buxoro markaziy dehqon bozorida ma’muriyat tomonidan «Bukhara News» internet nashri vakillarining haqorat qilingani va ularning mikrofon va telefonlari olib qo‘yilgani holati yuzasidan Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan rasmiy bayonot berildi.

Qayd etilishicha, viloyat prokuraturasi tomonidan joriy yilning 6 fevral kuni «Bukhara News» internet nashri vakillarining qonuniy faoliyatiga Markaziy bozor ma’muriyati tomonidan to‘sqinlik qilinganligi holati o‘rganib chiqilgan.

«Bukhara News» internet nashri 11.10.2019-yilda ommaviy axborot vositasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, «Bukhara News» internet nashri xodimlari tomonidan Buxoro Markaziy dehqon bozorida «viloyatda ishga kirish» mavzusida aholi orasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilayotgan vaqtda bozor nazoratchilari T.R va M.A tomonidan ularga to‘sqinlik qilinib, ularning qo‘llaridagi mikrofon va uyali aloqa telefonlari olib qo‘yilgan.

Shuningdek, «Bukhara News» internet nashri xodimlari Sh.H va D.A lar bilan o‘tkazilgan suhbat davomida nazoratchilar T.R va M.A lar ularni haqorat qilib, bozordan chiqarib yuborganliklarini bildirishgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring