Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun ulkan asteroid — «1998 OR2» Yerga yaqinlashadi

Bugun ulkan asteroid — «1998 OR2» Yerga yaqinlashadi

Foto: «1RRE.ru»

Bugun ulkan asteroid — «1998 OR2» Yerga yaqinlashishi kutilmoqda. Bu haqda ko‘plab xorij OAVlari yozmoqda.

«1998 OR2» — Amurlar guruhiga kiruvchi, Yer atrofi asteroidlaridan bo‘lib, diametri 4 kilometrga teng. Bu fanga ma’lum, Yer uchun potensial xavfli asteroidlarning eng kattasi. Ammo u hozircha xavfli emas, astronomlar u Yerdan 6,3 km. uzoqlikda uchib o‘tib ketishini hisoblab chiqishgan. Bu ancha olis masofa. Masalan, solishtiradigan bo‘lsak, 2020-yilning iyunida Venera sayyorasi bilan Yerning oralig‘i 43 mln. km.ni tashkil etadi.

Foto: «Sky & Telescope»

«U Yerdan kamida 6 mln. km. uzoqlikda (Oygacha bo‘lgan masofadan 20 marta olis) o‘tib ketadi. Shuning uchun uning zaminimiz uchun xavf tug‘dirishi haqida gap-so‘zlar asossiz. Bunga o‘xshash asteroidlar (ulkan asteroidlar) orbitasi oldindan doimiy ravishda o‘rganilib, modellashtirib boriladi, shunday ekan voqealar rivoji kutilmagan o‘zanga burilib ketishi mumkinmas», — deyiladi «Roskosmos» ma’lumotida.

Astronomlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2079-yilda bu osmon jismi Yerga 2 mln. km., 2127-yilda esa 2,5 mln. km.gacha yaqinlashadi. Uning orbitasi Yer orbitasi aylanishi bilan kesishmasligi aytilmoqda.

«1998 OR2» asteroidi 1998-yili kashf etilgandi, o‘shandan beri u astronom olimlarning doimiy kuzatuvida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring