Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ayol inspektor bugun qidiruvga berilgan gumondorni Chirchiqda ushladi

Ayol inspektor bugun qidiruvga berilgan gumondorni Chirchiqda ushladi

Foto: IIBB

Bugun, 21 oktyabr kuni Toshkent shahar IIBB «Kobalt» avtomashinasini olib qochganlikda gumonlanuvchining shaxsini aniqlashda ko‘mak so‘rab e’lon bergandi.

Xabarda kecha, 20 oktyabr kuni Toshkent shahar IIBB tomonidan Mirobod tumanidan davlat raqam belgisi 01 V 457 DB bo‘lgan Cobalt avtotransport vositasi olib qochilgani va gumonlanuvchi kuzatuv kameralariga tushib qolgani bildirilgandi.

Ushbu avtoulov bugun, 21 oktyabr kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahrida xizmat olib borayotgan viloyat IIBB YHXB 1-mintaqaviy hudud YPX inspektori safdor Feruza Tosheva tomonidan aniqlanib, ushlangan.

Ushlangan shaxsga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli chora ko‘rish uchun ichki ishlar bo‘limiga topshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring