Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boysun-Termiz yo‘lida qiyin ahvolda qolgan 300 kishiga yordam berildi

Boysun-Termiz yo‘lida qiyin ahvolda qolgan 300 kishiga yordam berildi

Joriy yilning 22-yanvar kuni Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Boysun-Termiz yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lida kuchli qor yog‘ishi natijasida mashinalarning harakati vaqtinchalik to‘xtagani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.

Mazkur xabar yuzasidan, Boysun tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yo‘l qordan tozalanib, 150 dan ortiq avtomashinalar va 300 ga yaqin fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Mutaxassislar tomonidan olib borilgan tezkor choralar natijasida Boysun-Termiz yo‘nalishidagi avtomobillar harakati tiklangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring