Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh prokuratura kaltaklangan bloger ayol bo‘yicha bayonot berdi

Bosh prokuratura kaltaklangan bloger ayol bo‘yicha bayonot berdi

Andijonda bloger Fatima Jo‘rayeva kaltaklanganligi haqida xabar berilgandi. 

Bosh prokuratura matbuot xizmati mazkur hodisa yuzasidan bayonot berdi. Aniqlanishicha, 22 noyabr kuni bloger Fatima Jo‘rayeva Ulug‘nor tumani IIBga murojaat qilgan.

F.Jo‘rayeva o‘z murojaatida tuman elektr tarmoqlari korxonasi bosh hisobchisidan o‘zi huquqshunos sifatida ishlab kelayotgan fermer xo‘jaligiga elektr energiyasidan qarzdorlikni sun’iy ravishda oshirilganligi bo‘yicha tegishli hujjatlarni berishini talab qilganligini bildirgan.

Shunda korxona bosh hisobchisi unga qo‘pol munosabatda bo‘lib, uni haqorat qilib qo‘li bilan uni yuziga urganligini va qo‘l telefonini sindirib yuborganligini bayon qilib, aybdor korxona xodimlariga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Hozirda mazkur murojaat bo‘yicha tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

F.Jo‘rayevaning olgan tan jarohatlarini og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Tekshiruv harakatlari Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring