Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir kunda ikki fojea — Namanganda va Samarqandda poyezd odam urib ketdi

Bir kunda ikki fojea — Namanganda va Samarqandda poyezd odam urib ketdi

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan xabar qilinishicha, 10 yanvar kuni temir yo‘l bilan bog‘liq ikki baxtsiz hodisa ro‘y bergan.

2020 yil 10 yanvar kuni soat 12:25 larda mashinist — 35 yoshli Sh.Sh. boshqaruvidagi yuk poyezdi 20 ta vagoni bilan birga Namangan viloyati, G‘uncha shaharchasi hududidan o‘tuvchi «Chortoq-Namangan» bekatlari oralig‘idagi 96 km. 2-piketida harakatlantirib ketayotgan vaqtida temir yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda 2 guruh nogironi (kar-soqov) 31 yoshli Z.Ya.ni urib yuborgan.

Oqibatda Z.Ya. olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyat Transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shu kunning o‘zida, 2020 yil 10 yanvar kuni soat 20:50 larda mashinist R.G. boshqaruvidagi 7-sonli «Moskva-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdi Samarqand viloyati «Zarafshon-Jomboy» bekatlari oralig‘idagi 3710 kilometrida harakatlantirib ketayotgan vaqtida temir yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyoda 53 yoshli R.B.ni urib yuborgan.

Oqibatda R.B. olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat Transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Sizdan temir yo‘l yaqinida harakatlanayotganingizda yoki yo‘lni kesib o‘tayotganingizda belginlangan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring