Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayolini farzandi ko‘z o‘ngida shafqatsizlarcha o‘ldirgan erkakka hukm o‘qildi

Ayolini farzandi ko‘z o‘ngida shafqatsizlarcha o‘ldirgan erkakka hukm o‘qildi

Sirdaryo tumanida kelishmovchilik sabab kelib chiqqan janjalda ayolini pichoqlab o‘ldirgan shaxsga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

Qayd etilishicha, 3 nafar farzandning otasi oila ro‘zg‘orini xotini bo‘yniga olgani, o‘zidan ko‘ra ko‘proq pul topayotganidan jahli chiqib, u bilan tez-tez janjallashgan. Shu sababli ular alohida yashay boshlagan.

Jinoyat sodir etilgan kuni sudlanuvchi X.A. mast holatda turmush o‘rtog‘i X.S. vaqtincha yashaydigan xonadonga devor orqali oshib kirgan. Ayolni uyg‘otib, uni kirish eshigi oldiga olib chiqqan. Shovqin sabab uyg‘onib ketgan 3 yashar qizi qarshisida uni o‘ta shafqatsizlik bilan hayoti uchun muhim bo‘lgan a’zolariga o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan 14 marta urgan va voqea joyidan qochib ketgan. Oqibatda ayol olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida sudya X.A.ni Jinoyat kodeksining 97-modda, 2-qismi «j» (o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish) bandida belgilangan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topgan. Unga 17 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring