Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Asakada pichoqbozlik: «do‘stlar» janjali o‘lim bilan tugadi

Asakada pichoqbozlik: «do‘stlar» janjali o‘lim bilan tugadi

Shu yilning 13-noyabr kuni taxminan soat 02:00 da 24 yashar fuqaro A.I. do‘sti 19 yashar X.G. bilan Asaka tumanida o‘zaro janjallashib qolgan. So‘ng yonidagi pichoq bilan X.G.ning badaniga bir marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan. Bu haqda IIV huzuridagi tergov departamenti xabar berdi. 

X.G. olgan tan jarohati sabab tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Tergov tezkor guruhi tomonidan hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida qon dog‘lari va X.G.ning kiyimlari hamda bir dona pichoq hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (odam o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.I. protsessual tartibda ushlangan hamda holat yuzasidan gumon qilinuvchi tariqasida so‘roq qilingan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring