Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda voyaga yetmagan qizlar adashib qoldi

Andijonda voyaga yetmagan qizlar adashib qoldi

Andijon viloyati Paxtaobod tumanida 12-avgust kuni soat 15:30 larda voyaga yetmagan 2 qiz mahallasida o‘ynab yurib, tuman markaziga qatnovchi avtobusga chiqishgan va adashib qolishgan.

Shu kuni soat 20:10 larda Milliy gvardiya Andijon viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi komandiri qizlarni uchratib qolgan. Xodim zudlik bilan ota-onasi va yashash manzilini aniqlagan.

Adashgan qizlar shu kuni soat 22:20 da onasiga sog‘-salomat topshirilgan. Surishtiruv davrida bu qizlarning biri 2009-yilda, ikkinchisi 2012-yilda tug‘ilgani aniqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring