Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda 50 ming dollar evaziga yer olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Andijonda 50 ming dollar evaziga yer olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda U.N. fuqaro J.ni Andijon shahar sanoat hududida joylashgan o‘ziga tegishli ko‘chmas mulk ob’yektiga tutash bo‘lgan yer maydonidan qo‘shimcha yer uchastkasi ajratib berishni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 50 000 AQSh dollari evaziga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berishga ishontirib, oldindan 20 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan U.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring