Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda 4 ta avtomobil to‘qnashdi

Andijonda 4 ta avtomobil to‘qnashdi

Joriy yilning 3 aprel kuni soat 15:40larda, Andijon viloyati, Shahrixon tumani, Karnaychi MFY hududidan o‘tgan «A-373 M-39» avtomobil yo‘lining 407-kilometrida, 4 ta avtomobil ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Haydovchi, 1980 yilda tug‘ilgan Z.I. boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli, 1995 yilda tug‘ilgan X.Q. boshqaruvidagi «Neksiya-3» rusumli, 1991 yilda tug‘ilgan A.X. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli hamda 1989 yilda tug‘ilgan A.S. boshqaruvidagi «Damas» rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, «Kobalt» rusumli avtomobil haydovchisi Z.I. va «Damas» rusumli avtomobil yo‘lovchisi M.A.larga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Shahrixon tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga oydinlik kiritilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring