Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Agrar universitetning sobiq o‘qituvchisi va kollej direktori pora bilan qo‘lga tushdi

Agrar universitetning sobiq o‘qituvchisi va kollej direktori pora bilan qo‘lga tushdi

Toshkent davlat agrar universitetining sobiq o‘qituvchisi, universitetning 2-kurs talabasi hamda poytaxtdagi kollejlardan birining direktori jinoyatga qo‘l urdi.

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Jinoyat qidiruv boshqarmasi Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xabariga ko‘ra, Toshkent davlat agrar universitetining sobiq xodimi, hozirda kasb-hunar kollejlaridan birining direktori hamda ushbu universitetning 2-kurs talabasi 6 ming AQSh dollari evaziga oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishga taklif qilayotgani aniqlangan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida gumondorlardan biri talab qilingan summaning yarmini olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi. Ayblanuvchining ko‘rsatmalariga asosan ikkinchi gumondorga ham Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan mazkur holat yuzasidan to‘plangan daliliy ma’lumotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring