Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

1-avgustda bedarak yo‘qolgan shaxsning jasadi Toshkentdagi kanaldan topildi

1-avgustda bedarak yo‘qolgan shaxsning jasadi Toshkentdagi kanaldan topildi

Foto: «Kun.uz»

Kecha, 5-avgust kuni soat 10.40da 31 yoshli Bobur R. 102 raqami orqali Chilonzor tumani hududidan oqib o‘tadigan Bo‘rijar kanalida erkak kishining jasadini ko‘rganligi to‘g‘risida xabar bergan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari jasadni suvdan chiqarib olishgan.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, jasadning shaxsi aniqlangan. Shayxontohur tumanida yashovchi 27 yoshli A.M. shu yilning 1-avgust kuni bedarak yo‘qolgan deb e’lon qilingan.

Hozirda tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring