Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karam 200 so‘m, hojatxona — 1000 so‘m! (karikatura)

Karam 200 so‘m, hojatxona — 1000 so‘m! (karikatura)

«Mushtum» jurnalining 2018-yildagi 1-sonida chop etilgan karikatura.

Foto: «Xabar.uz»

Kecha saytimizda dehqon va fermerlar tomonidan ichki bozor ehtiyojidan ortiq mahsulot yetishtirilganida, uning xorijga chiqarilishi yoki qayta ishlanishiga yo‘l beradigan, mirishkorni kasodga uchratmaslik mexanizmlarini shakllantirish zarurligi haqida dolzarb maqola e’lon qilingan edi.

Maqolada keltirilgan murojaat muallifi aytganidek, o‘tgan yili gektar-gektar karam shundayligicha dalalarimizda qolib ketdi. Uni uzib, bozorga olib borish o‘zini oqlamay qoldi hatto.

«Nimani xor qilsang, shunga zor bo‘lasan» degan naql bor xalqimizda. Jahon eshiklari ochilgan bugungi kunda tayyor mahsulotlarimizni xorijga eksport qila olmasligimiz achinarli hol emasmi? Bunga chora topilmas ekan, bechora dehqon karikaturada aks etgan achinarli holatga tushaveradi.

Xulosa va izoh o‘zingizdan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring