Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiy hokimi tadbirkor Hasan Mamasaidovga o‘rinbosar bo‘ldi

Navoiy hokimi tadbirkor Hasan Mamasaidovga o‘rinbosar bo‘ldi

Foto: @HMamasaidov

Navoiy viloyati gigant korxonalarga boy, o‘z salohiyatiga ega hududlardan biri hisoblanadi. Viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati rivojlanishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan tadbirkorlar bisyor.

«Xabar.uz» muxbiri xabar berishicha, ilk bor Navoiy viloyatida ana shunday tadbirkorlar hamda faoliyatini endi boshlamoqchi bo‘lib turgan yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlovchi va takliflarni ishlab chiquvchi, xorijiy investorlar bilan hamkorlik, yangi g‘oyalar va eng ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy qilish, viloyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda yangi xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarni shakllantirishga ko‘maklashuvchi jamoatchilik organi — «Innovatsion rivojlantirish kengashi» tashkil etildi.

Ushbu kengash raisi etib, taniqli iqtisodchi-marketolog, «DEKOS» kompaniyasi asoschisi Hasan Mamasaidov nomzodi tasdiqlandi. Ta’sis yig‘ilishida kengash rais o‘rinbosari etib, viloyat hokimi Qobul Tursunov saylandi.

Foto: @HMamasaidov

Bundan tashqari, viloyat yoshlari va tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida hududni yanada rivojlantirishda zamonaviy, innovatsion yondashuvlarni muhokama qilish bo‘yicha tashkil etiladigan bir qator davra suhbatlari, «Muvaffaqiyatga erishish sirlari» mavzusida tajribali tadbirkorlar va yoshlar ishtirokida uchrashuv, «Yosh tadbirkorlar» bilan kovorking markazida tajribali tadbirkorlarning biznes sirlari bo‘yicha treninglar tashkil etildi.

Ushbu treningni respublikamizda eng tajribali, xorijiy davlatlarda tahsil olib qaytgan 10 nafardan ortiq tadbirkorlar olib bordilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring