Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zarur ish bilan mashinada ko‘chaga chiqdim. Men 4 mln so‘m jarima to‘laymanmi?

Zarur ish bilan mashinada ko‘chaga chiqdim. Men 4 mln so‘m jarima to‘laymanmi?

Foto: Xabar.uz

Avval ma’lum qilganimizdek, AOKA shtabida Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i G‘aybullo Primov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Quyida brifing davomida muhim savollarga qaytarilgan javoblar taqdim etiladi.

— «O‘zini yakkalash» hayot tarzi fuqarolarning xohishiga ko‘rami yoki karantin hamma uchun majburiymi?
— Bugungi kungacha o‘zini yakkalash hayot tarzi doirasida faqat 65 yoshdan yuqori yoshda bo‘lgan va surunkali kasalligi bo‘lgan fuqarolar o‘z uylaridan zaruratsiz tashqariga chiqmasliklari so‘ralayotgan edi. Endi bugun, 6 apreldan boshlab, «o‘zini yakkalash» hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida MAJBURIY RAVIShDA joriy etiladi.

— Bugundan boshlab SABABSIZ uydan ko‘chaga chiqmaslik belgilandi. Agar sababsiz uydan ko‘chaga chiqilsa, qonunchilikda qanday javobgarlik nazarda tutilgan?
— Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish:

▪️fuqarolarga — 4 mln 460 ming so‘madan 6 mln 690 ming so‘mgacha,

▪️mansabdor shaxslarga — 6 mln 690 ming so‘mdan 11 mln 150 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Agar ushbu harkatlar natijasida odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa, shaxs JINOIY JAVOBGARLIKKA tortiladi.

— Zarur ish bilan avtomashinamda ko‘chaga chiqishimga to‘g‘ri kelgandi. YPX xodimi meni to‘xtatib, maxsus ruxsatnomasiz harakatlanganim uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirdi, 4 mln so‘mdan ortiq jarima to‘lashim kerakligini aytdi. Shu to‘g‘rimi?
— Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasiga ko‘ra:

➖ yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarganlik uchun 223 ming so‘m,

➖ transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslarning shu vositalarni boshqarishi, shuningdek boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxsga transport vositalarini boshqarishning topshirilishi 1 mln 115 ming so‘m,

➖ transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslarning bunday vositalarni boshqarishi 2 mln 230 ming so‘m miqdorda JARIMA solishga sabab bo‘ladi.

Karantin davrida maxsus ruxsatnoma olish talab qilingan avtomashinada maxsus ruxsatnomasiz ko‘chada harakatlanish epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini BUZISh hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring