Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yuragi otni kallasidek» haydovchi katta jarimaga tushdi

«Yuragi otni kallasidek» haydovchi katta jarimaga tushdi

Videolavhadan skrinshot

Joriy yilning 8-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani hududidagi suv quvuri ustidan harakatlanib o‘tgan «Spark» rusumli transport vositasi tasvirlangan videolavha tarqaldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabar berishicha, ushbu hodisa 4-aprel kuni Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, Tokzor MFY hududida sodir bo‘lgan. O‘z hayotini xavf ostiga qo‘ygan holda quvur ustidan harakatlanib o‘tgan avtomashina haydovchisi J.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 128-5-moddasi 2-qismiga ko‘ra bayonnoma tuzilib, 2.230.000 so‘m jarima belgilandi.

«Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari yuqoridagi haydovchi kabi o‘z hayotingizni xavf ostiga qo‘ymasligingizni va «Yo‘l harakati qoidalari»ga amal qilishingizni so‘rab qolamiz», deyiladi YHXBB xabarida.

Kelgusida boshqa haydovchilar ham o‘z salomatligini xavf ostiga qo‘ymasliklari uchun ushbu quvur usti tuman IIB YHXB xodimlari tomonidan to‘sib qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring