Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yo‘lovchi tashishda chegaralar to‘liq yopiladi

Yo‘lovchi tashishda chegaralar to‘liq yopiladi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi 2020-yilning 20-mart kunidan e’tiboran xalqaro yo‘nalishlarda avtobus, yengil avtomobil, temir yo‘l va havo transportlari orqali yo‘lovchi tashuvlari 40 kun muddatga to‘xtatilishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bu O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra amalga oshirilmoqda.

Ushbu cheklov, avtomobil, avia, temir yo‘l, daryo transportlarida amalga oshirilayotgan yuk tashuvlari va tashqi savdo yuklariga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring