Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YHXBB haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olishni so‘radi

YHXBB haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olishni so‘radi

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati ertaga yurtimizda kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi va haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olishni so‘radi.

Gidrometeorologiya markazi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 23 fevral kuni respublika bo‘ylab havo o‘zgarib turadi, faqatgina shimoliy hududlarda yog‘ingarchiliklar kutiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin. Kechasi havo harorati 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, Xorazm viloyatida kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 0-5 daraja iliq, cho‘l hududlarining ba’zi joylarida 2 darajagacha sovuq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida g‘arorat kechasi 0-5, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 3-8, kunduzi 15-20, ayrim joylarda 23 daraja iliqgacha ko‘tariladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi 0-5, kunduzi 12-17 daraja iliqni tashkil etadi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 3 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

IIV YHXBB barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan ob-havo sharoitini hisobga olgan holda transport vositalarini boshqarishlari va yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini so‘rab qoladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring