Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YHXB boshqarma boshlig‘i: «Yong‘inlar shu paytgacha bo‘lgan, bundan keyin ham bo‘ladi, agar...»

YHXB boshqarma boshlig‘i: «Yong‘inlar shu paytgacha bo‘lgan, bundan keyin ham bo‘ladi, agar...»

Foto:«Xabar.uz»

Adliya vazirligi tomonidan «Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi» qaror bo‘yicha matbuot anjumani tashkil etilganini xabar qilgandik.

IIV YHXB bo‘lim boshlig‘i Azizxon Murodovning aytishicha, yurtimizda kuzatilgan avtomobil yong‘inlari kunduzi chiroqni yoqib yurish qoidasiga aloqador emas.


Mavzuga doir: Olovga aylangan ko‘chalar yoki «qon chiqmasa hisobmas»(mi?)

«Avtomobil yong‘inlari kunduzi chiroqni yoqib yurish qoidasi bilan bog‘liq emas. OAV orqali ham, avvalgi brifinglarda ko‘p aytyapmiz, haydovchilarimiz transportning texnik konstruksiyasiga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritishgani uchun, simlarda qisqa tutashuv sodir bo‘lyapti. Misol uchun Toshkent shahar yong‘in xavfsizlik boshqarmasi ma’lumot bergan, 2018 yil 12 oyi davomida 62 ta shunday hodisa bo‘lgan. Yong‘inlar shu paytgacha sodir bo‘lgan, bundan keyin ham sodir bo‘ladi, agar haydovchilar mashinaning texnik holatini nazorat qilib turmasa. 2019 yilning 4 oyi davomida 16 yong‘in holati kuzatilgan va bunda elektr simlarining nosozligi, yoqilg‘i tizimining nosozligi va qasddan o‘t qo‘yish holatlari kuzatilgan. Bu yerda kunduzi chiroqni yoqib yurish bo‘yicha yongani haqida gap yo‘q» — , deydi YHXBB mas’uli.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring