Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi qoidalarni buzish qachondan jarimaga tortiladi?

Yangi qoidalarni buzish qachondan jarimaga tortiladi?

Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga kiritilgan yangi o‘zgarishlar hozircha jarimaga tortilmaydi. Bu haqida Toshkent shahar IIBBga asoslangan holda «Gazeta» xabar berib o‘tdi.

IIBB yangi qoidalar buzilishi bo‘yicha qachondan jarimaga tortish boshlanishini rasman e’lon qiladi. Kecha bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida bu borada IIBB jamoat tartibini saqlash bo‘limi boshlig‘i Azizxon Umarxonov xabar berib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga o‘zgarish O‘zbekiston hukumati qarori bilan 9 apreldan kiritilgan edi. O‘zgarishlar bilan ushbu havola orqali yana bir bor tanishib olishingiz mumkin.

O‘zgarishlar rasman 10 apreldan kuchga kirgan. Ammo aholi uchun dabdurustdan amalga oshirilgani uchun hozircha yangi qoidalarga amal qilmaslik jarimaga tortilmaydi.

«IIV boshqa tegishli vazirlik va boshqarmalar bilan birgalikda bir oy davomida avvalgi normativ-huquqiy aktlarni yangi qoidalarga muvofiqlashtirishi lozim. Bu borada ish olib borilmoqda va qabul qilingandan so‘ng albatta OAVni boxabar etamiz. Bir oy davomida yangi qoidalarga o‘tishga tayyorgarlik bo‘ladi va bu bo‘yicha qoidabuzarlik jarimaga tortilmaydi», — deydi Umarxonov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring