Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yandex.Taxi servisi Farg‘ona va Marg‘ilonda ishga tushurildi

Yandex.Taxi servisi Farg‘ona va Marg‘ilonda ishga tushurildi

Kecha, 19-sentyabdan Yandex.Taxi Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlarida ish boshladi.

Taksiga buyurtma berish uchun, ilovani yuklab olish, uni ochish va qayerga borish kerakligini ko‘rsatish kerak. Geolokatsiya yoqilganda servisning o‘zi foydalanuvchi qayerda turganini aniqlaydi va eng tez yetib keladigan haydovchini topadi.

Yo‘l haqi 2000 so‘mdan boshlanadi. Masalan, aeroportdan «Ostrov sokroviщ» restoranigacha safar taxminan 3300 so‘m, Sayilgoh ko‘chasidagi «Makro» supermarketidan Marg‘ilon oziq-ovqat bozorigacha — 7000 so‘m atrofida bo‘ladi.

«Biz mashinaga buyurtma berish nafaqat poytaxtda mavjud va qulay bo‘lishini xohlaymiz. Farg‘ona va Marg‘ilon aholisi bizning ilovamiz yordamida buyurtma berish jarayonini to‘liq nazorat qilishlari va haydovchi yo‘lovchini olish joyiga kelayotganini hamda u hozir qayerda ekanligini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi», — deydi Yandex.Taxining O‘rta Osiyo bozorlarini rivojlantirish bo‘yicha ijrochi direktori Tamirlan Shapiyev.

Yandex.Taxida Farg‘ona va Marg‘ilonda ham, boshqa shaharlarda bo‘lgani kabi, o‘zining haydovchilari va mashinalari bo‘lmaydi. Kompaniya mahalliy yo‘lovchi tashuvchilar bilan hamkorlik qiladi.

Ilovada tunu-kun ishlaydigan onlayn qo‘llab-quvvatlash xizmati bor. Agar foydalanuvchining safardan ko‘ngli to‘lmagan bo‘lsa, mashinada narsalarini unutib qoldirgan bo‘lsa yoki savol berishni xohlasa — u ilova orqali qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan bog‘lanishi mumkin va u unga tezda yordam berishadi.

Yandex.Taxi o‘zining texnologiyalaridan foydalanadi: xaritalar, yo‘nalishlarni tuzish, navigatsiya, buyurtmalarni taqsimlovchi aqlli tizim. Aynan texnologiyalar safarlarni foydalanuvchilar uchun ommaboproq qilishga va shu bilan birga haydovchilarni munosib daromad bilan ta’minlashga imkon beradi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda Yandex.Taxi 2018-yilning aprel oyida ishga tushirilgan. iOS va Android uchun bepul ilova, o‘zbek, rus va boshqa ko‘plab tillarda mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring