Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«UzAuto Motors» ustidan Nig‘matilla Yo‘ldoshev va Akmal Burhonovga deputatlik so‘rovi kiritildi

«UzAuto Motors» ustidan Nig‘matilla Yo‘ldoshev va Akmal Burhonovga deputatlik so‘rovi kiritildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari – Rasul Kusherbayev, Doniyor G‘aniyev, Nodir Jumayev, Bekmirza Eshmurzayev, Zafar Jalolov, Anvarxon Temirovlar tomonidan Bosh prokuror va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktoriga «UzAuto Motors» ustidan deputatlik so‘rovi kiritildi. Bu haqda Rasul Kusherbayev xabar bermoqda.

«Bir guruh deputatlar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan vakolat doirasida «UzAuto Motors» AJda o‘tkazilgan tekshiruv yakunlari bo‘yicha olingan ma’lumot va hujjatlarda  qonunchilik hujjatlarining buzilishi, korrupsion holatlar va iste’molchilarning huquqlariga putur yetkazish kabi alomatlar ko‘rinayotganligi sababli mazkur masalani alohida o‘rganib, jinoyat alomatlari bor yoki yo‘qligi yuzasidan huquqiy baho berish va vakolat doirasida choralar ko‘rish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktoriga deputatlik so‘rovi kiritishdi», deya xabar qildi deputat.

Eslatib o‘tamiz, 19 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan «UzAuto Motors» AJda qonun hujjatlari talablari asosida tekshirish o‘tkazilganligi hamda jamiyatga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonuni talablari buzilishi alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risida axborot berilgan edi.

Unga ko‘ra, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan asossiz kiritilgan xarajatlar chegirish va ushbu mablag‘larni iste’molchilarga qaytarishi lozimligi qayd etilgandi.

«UzAuto Motors» ushbu axborotga o‘z munosabatini bildirib, kompaniya avtomobillar narxi asosli ekanligini va hozirgi vaziyatda narxni pasaytirish imkonsizligini ma’lum qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring