Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UzAuto Motors»ning yangi mashinalari egasiga yetmasdan pachoqlandi

«UzAuto Motors»ning yangi mashinalari egasiga yetmasdan pachoqlandi

Foto: «Gazeta.uz»

UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillarni olib ketayotgan avtovoz avariyaga uchradi. «Gazeta.uz»ning «O‘zavtosanoat» axborot xizmatiga tayanib xabar berishicha, hodisa 24-oktyabr kuni Buxoro viloyatidagi A-380 trassasida, Gazli shahri yaqinida sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, UzAuto Motorsning Urganch shahridagi dilerlik markaziga 5 ta Cobalt va 3 ta Nexia olib ketayotgan vaqtida «KamAZ» yuk mashinasi uning tirkamasi avtovozga urilgan.

Foto: «Gazeta.uz»

Surishtiruvlar davomida aniqlanishicha, «KamAZ» haydovchisi uxlab qolishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va oqibatda avtomobillarga shikast yetgan.

Foto: «Gazeta.uz»

Endi YTH oqibatida jiddiy zarar yetgan UzAuto Motors avtomobillari zavodga utilizatsiya qilish uchun yuboriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring