Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UzAuto» avtomobillar narxini tushirishdan bosh tortmoqda

«UzAuto» avtomobillar narxini tushirishdan bosh tortmoqda

Foto: «autostrada.uz»

Kecha, 19-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan «UzAuto Motors» AJda qonun hujjatlari talablari asosida tekshirish o‘tkazilganligi hamda jamiyatga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonuni talablari buzilishi alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risida axborot berilgan edi.

Unga ko‘ra, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan asossiz kiritilgan xarajatlar chegirish va ushbu mablag‘larni iste’molchilarga qaytarishi lozimligi qayd etilgandi.

«UzAuto Motors» ushbu axborotga o‘z munosabatini bildirdi.

«Bahsli masalalarni asoslash uchun zarur qo‘shimcha materiallarni tayyorlashga muddat qisqa ekanligi tufayli, «UzAuto Motors» AJ tomonidan ish ko‘rib chiqilishi keyinroqqa qoldirilishi (2005-yil 12-oktyabrdagi 225-sonli VMQga muvofiq)ni so‘rab iltimosnoma yo‘llangandi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan ish bir taraflama ko‘rib chiqildi, uning yakunida noto‘liq ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilindi.

Qayd etish o‘rinliki, avtomobillarni ishlab chiqarish murakkab jarayon bo‘lib, uni o‘rganish yetarlicha vaqt talab etadi. «UzAuto Motors» faoliyatini yanada chuqurroq va asosliroq o‘rganish kelgusi sud muhokamalari davomida mumkin bo‘ladi – kompaniya o‘zining ushbu huquqidan foydalanishni rejalashtirgan.

Shuni ham qayd etish o‘rinliki, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qoshidagi maxsus komissiya qabul qilgan qaror uzil-kesil hisoblanmaydi – keyingi xatti-harakatlar sud muhokamalari yakunlaridan kelib chiqib belgilanadi.

O‘z navbatida, kompaniya avtomobillar narx asosli ekanligini va hozirgi vaziyatda narxni pasaytirish imkonsizligini ma’lum qiladi» — deyiladi «UzAuto Motors» rasmiy bayonotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring