Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uxlab qolgan haydovchi 100 km/soat tezlikda ketayotgan holat tasvirga olindi (video)

Uxlab qolgan haydovchi 100 km/soat tezlikda ketayotgan holat tasvirga olindi (video)

Skrinshot

DakRandall nikli «Twitter» foydalanuvchisi joylagan rolik ko‘plab yuzerlar o‘rtasida bahs keltirib chiqardi.

Videoda 60 mil (salkam 100 km/soat) tezlikda ketayotgan «Tesla» haydovchisi oldinga engashgancha uxlab qolgani tasvirlangan. Uning yonidagi hamrohi ham maza qilib uyquni uryapti. Mashina esa avtopilotda yelib boryapti.

DakRandallning aytishicha, u shu mashinaning yonginasidan o‘tib ketayotib, avval ko‘zlariga ishonmagan. Ko‘rganlarini videoga olib, uyqudagi haydovchini signal berib uyg‘otishga uringan, ammo bir naf chiqmagan.

Albatta, rolik qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar rolik atayin uyushtirilgan degan shubhaga borishdi. Chunki «Tesla» haydovchi qo‘li rulda 30 soniyadan ko‘p vaqt bo‘lmasa baland ovoz chiqarib uyg‘otadigan tizimga ega. Bunaqa signaldan uyg‘onmaslik mumkinmas.

Biroq video muallifi voqea haqiqatan ro‘y bergan, deya oyoq tirab olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring