Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda metro qurilishi sabab ba’zi avtobus yo‘nalishlari o‘zgartiriladi

Toshkentda metro qurilishi sabab ba’zi avtobus yo‘nalishlari o‘zgartiriladi

Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqich qurilishlari doirasida yerosti o‘tish yo‘lini barpo etish ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan ta’mirlash ishlari yakuniga qadar avtotransport yo‘nalishlarida o‘zgarish bo‘ladi.

Hududdagi A.Donish ko‘chasining Yangi shahar ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasigacha bo‘lgan qismidagi o‘tish yo‘li avtotransport harakati uchun yopiladi. Bu esa jamoat transporti — avtobuslar harakatiga ham ta’sir o‘tkazadi.

Xususan, yuqoridagi manzildan harakatlanuvchi 5, 25, 36, 52, 60, 72, 82, 91, 95, 96, 97, 111, 119, 140, 149, 151, 152, 190, 198-sonli yo‘nalishlardagi avtobuslar yo‘nalish harakatini A.Donish ko‘chasidan Yangi shahar hamda A.Temur ko‘chalari orqali davom ettiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring