Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda bayram munosabati bilan qo‘shimcha «stoyanka»lar tashkil etiladi

Toshkentda bayram munosabati bilan qo‘shimcha «stoyanka»lar tashkil etiladi

Foto: «Xabar.uz»

Poytaxtimizda bayram tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan 2020 yilning 10 yanvariga qadar aholi qulayligi uchun avtomobillarga qo‘shimcha turar joylari tashkil etildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yo‘llarning ayrim qismlarida harakat cheklanmaydi va ulardan avtoturargoh sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi:

  • Amir Temur shoh ko‘chasining Amir Temur xiyobonidan O‘zbekiston shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
  • Amir Temur shoh ko‘chasining Amir Temur xiyobonidan Istiqlol ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
  • Buxoro ko‘chasining Amir Temur shoh ko‘chasidan Taras Shevchenko ko‘chasigacha hamda Zarafshon ko‘chasidan Sharof Rashidov ko‘chasigacha bo‘lgan qismlarida;
  • Matbuotchilar ko‘chasining Sharof Rashidov shoh ko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha bo‘lgan qismida;
  • Sharof Rashidov shoh ko‘chasining Matbuotchilar ko‘chasidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismidagi bir tomoni;
  • Olmazor ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
  • Afrosiyob ko‘chasining Beshyog‘och ko‘chasidan Yunus Rajabiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
  • Buyuk Turon ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida (ko‘chaning ushbu qismi avval xabar qilinganidek yopilmaydi);
  • Istiqlol  ko‘chasining Istiqbol ko‘chasidan Mustaqillik shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
  • Istiqbol ko‘chasining Istiqlol ko‘chasidan Shaxrisabz ko‘chasigacha bo‘lgan qismida.

Shuningdek, tadbirlar o‘tkaziladigan hududlardagi bir nechta avtoturargohlar haqida eslatib o‘tilgan:

  1. 50-sonli maktab ro‘parasida
  2. «Oloy» bozorining yonida
  3. «Xalqlar do‘stligi» saroyi yonidagi ikkita avtoturargoh
  4. «Humo Arena» muz saroyi yonidagi avtoturargoh.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring