Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda avtobus simyog‘ochga urildi. Besh kishi shifoxonaga tushdi

Toshkentda avtobus simyog‘ochga urildi. Besh kishi shifoxonaga tushdi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahrida «ISUZU» rusumli avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmati xabar bermoqda.

Bugun, 25-noyabr kuni ertalab soat 07:40 atrofida 17T-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan, 18-avtobus saroyi tasarrufidagi, davlat raqami 01 467 UAA bo‘lgan  «ISUZU» rusumli avtobus Beshqayrag‘och ko‘chasi bo‘ylab boshqarib borayotganda simyog‘ochga urilgan.

Natijada haydovchi hamda 4 nafar yo‘lovchi tan jarohati olgan. Ular darhol shifoxonaga yetkazilib, tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyatining Yo‘lovchi transportida harakat xavfsizligini nazorat etish boshqarmasi tomonidan xizmat surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring