Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida ko‘chma fotoradarlar soni ko‘paytirildi. Ular qayerlarga o‘rnatilgan?

Toshkent viloyatida ko‘chma fotoradarlar soni ko‘paytirildi. Ular qayerlarga o‘rnatilgan?

Foto: Toshkent viloyati IIB

Tezlikni me’yoridan oshirish oqibatida sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida, Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan fotoradarlar soni ko‘paytirildi. Viloyatning xalqaro va davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarida onlayn rejimda ishlovchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari hamda ko‘chma fotoradarlar ishlamoqda. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Jumladan, M39 «Almata-Termiz» (Toshkent shahri va respublikaning 8 viloyatini va Qoraqalpog‘iston Respublikasini bog‘lovchi) avtomobil yo‘li, A373 «Toshkent-O‘sh» (Toshkent shahri va vodiy viloyatlarini bog‘lovchi yo‘l) avtomobil yo‘li, 4R12 «Bektemir-Chorbog‘» (Toshkent shahri va Bo‘stonliq tumanini bog‘lovchi) avtomobil yo‘li, 4R2 «Toshkent-Nurafshon» shaharlarini bog‘lovchi yo‘llarda tezlik nazorati kuchaytirildi. Ko‘proq YTH hodisalari sodir bo‘lish mumkin bo‘lgan 4R20 «Qorasuv-Bekobod» (Toshkent shahri va Bekobod shaharlarini bog‘lovchi) kabi avtomobil yo‘llarida onlayn rejimda ishlovchi 8 ta ko‘chma fotoradarlar xalq tili bilan aytganda «uch oyoqli radar» lar sutkaning 24 soati mobaynida ishlatilmoqda.

Ushbu fotoradarlar orqali 1 sutka mobaynida 4000 dan ortiq tezlikni me’yoridan oshirish holatlari aniqlandi. Hurmatli haydovchilar! Tezlikni belgilangan me’yoridan oshirib, o‘zingiz va o‘zgalar hayotiga xavf tug‘dirmang.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring