Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent ko‘chalarida elektrobus qatnay boshlaydi

Toshkent ko‘chalarida elektrobus qatnay boshlaydi

Foto: «Toshshahartransxizmat» AJ

«Toshshahartransxizmat» AJ va Belarusning «Belkommunmash» kompaniyasi o‘rtasidagi o‘zaro memorandumga asosan poytaxt jamoat transporti harakat tarkibida elektrobuslarni sinov tariqasida yurgizish rejalashtirilgan edi. Shunga muvofiq bir dona ana shu turdagi transport vositasi Toshkent shahriga keltirildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Bunga qadar esa «Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan elektrobusni yo‘nalishga chiqarish bilan bog‘liq tashkiliy ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2 ta joyda elektrobusni quvvatlash shaxobchalari o‘rnatildi.

Yaqin kunlarda elektrobusni qisqa masofali yo‘nalishlardan biriga biriktirish rejelashtirilmoqda.

Maxsus komissiya ushbu elektrobus bilan bog‘liq barcha holatlarni to‘liq o‘rganib chiqadi. Xususan, O‘zbekistonning issiq iqlimida elektrobusning harakatlanish imkoniyatlari, yo‘lovchilar sog‘ligiga uning ta’siri va boshqa jihatlar atroflicha tahlil qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring