Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soxta «stiker» yasagan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Soxta «stiker» yasagan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 2-aprel kuni soat 16:40 larda Andijon viloyati IIB YHXB inspektori E.Yuldashev Andijon shahar, Mashrab ko‘chasi, Lermontov chorrahasida haydovchi 1999 y.t. S.D. boshqaruvida bo‘lgan «Spark» rusumli transport vositasini to‘xtatadi.

Inspektor avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi tegishli hujjatlarini so‘ragan vaqtida haydovchi S.D. «Karantin Sovid-19» yozuvli 01/0000916 raqamli maxsus ruxsatnomani ko‘rsatadi va u Toshkent shahar hokimligi tomonidan berilganligini aytadi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, surishtiruvda ushbu ruxsatnoma qalbakilashtirilib tayyorlanganligi ma’lum bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB TB tomonidan fuqaro S.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 228-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring