Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Skver» to‘silgan: noma’lum mashina katta tezlikda maydonni aylanmoqda (video)

«Skver» to‘silgan: noma’lum mashina katta tezlikda maydonni aylanmoqda (video)

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum mashina Toshkentdagi Amir Temur xiyobonini katta tezlikda aylanib yurgani aks etgan video tarqalib ketdi.

Xiyobonga olib chiqadigan barcha ko‘chalar ichki ishlar organlari tomonidan to‘silgan, xavfsizlik uchun piyodalar o‘tkazilmayapti. Bunday katta tezlikda mashina haydayotgan odam kimligi hozircha ma’lum emas.

Lekin taxminlar bor. Esingizda bo‘lsa, rossiyalik avtobloger Erik Davidich Toshkentda test-drayv o‘tkazishni reja qilgandi. Buning uchun Shavkat Mirziyoyevning kichik kuyovi, Prezident xavfsizlik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Otabek Umarov unga premium-klassdagi «Mercedes AMG GT 4», «BRABUS Maybach 900» va «Bentley» avtomobillarini taklif qilgandi.

Taxminlarga ko‘ra, avtobloger Toshkentda test-drayvni boshlab yuborgan ko‘rinadi. Ichki ishlar xodimlarining ko‘chani yopib qo‘yishgani ham qaysidir ma’noda bu taxminni tasdiqlaydi.

Ma’lumot uchun, Davidich — taniqli videobloger bo‘lib, uning «YouTube»dagi roliklari million martalab ko‘riladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring