Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sergelida dahshatli YTH. «Kobalt» qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketdi

Sergelida dahshatli YTH. «Kobalt» qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketdi

Foto: IIBB matbuot xizmati

Bugun, 26-iyul kuni soat 07.20da Sergeli tumani Birodarlik ko‘chasida «Kobalt» rusumli avtomobil haydovchisi 55 yoshli Aleksandr Z. ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. «Kobalt» 33 yoshli Kamal N. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomobil bilan to‘qnashdi.

YTH natijasida «Neksiya» rusumli avtomobil yo‘lovchisi 34 yoshli Artur B. olgan tan shikastlari sababli voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.

«Neksiya» haydovchisi 33 yoshli Kamal N. va uch nafar yo‘lovchilar (25 yoshli Zinur M., 30 yoshli Pavel R., 27 yoshli Dmitriy N.), «Kobalt» haydovchisi 55 yoshli Aleksandr Z. va 55 yoshli yo‘lovchi Marina K.lar tan jarohatlari olgan bo‘lib, tibbiy yordam uchun murojaat qilgan.

YTH sababi: «Kobalt» rusumli avtomobil haydovchisi qarama-qarshi harakat yo‘liga chiqib ketgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring