Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«SamAuto» birinchi «ISUZU D-Maxi» pikaplari sotuvini boshladi

«SamAuto» birinchi «ISUZU D-Maxi» pikaplari sotuvini boshladi

Foto: «SamAuto»

2020-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda birinchi «ISUZU D-Maxi» pikaplari sotuvi boshlandi. «SamAuto» yangi avtomobillari lineykasi taqdimoti 2019-yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi. 

2020-yil 27-yanvar, Toshkent shahri– 2019-yilning noyabr oyida «SamAutoi» kompaniyasi tomonidan «ISUZU D-Maxi» pikaplari taqdimoti o‘tkazildi va oldindan buyurtmaning ochilishi haqida e’lon qilindi. Avtomobillar 3 ta modifikatsiya va 7 ta rangda taqdim etilgan bo‘lib, narxi 270 milliondan 380 milliongacha so‘mni tashkil etadi.

Joriy yilning 20-yanvaridan 24-yanvariga qadar «SamAutoi» zavodi yangi avtomobillarni birinchi marta yuklab jo‘natdi. Birinchi turkum 9 ta pikapdan iborat. Xaridorlar avtomobilning ikki qatorli kabina, 4 ta yo‘lovchilar o‘rindig‘i, hajmi 3 litrlik dvigatel va avtomatik uzatish qutisi bilan jihozlangan «D-MAX IRBISi» modifikatsiyasini afzal ko‘rdilar. «D-MAX IRBISi»ning yuk ko‘tarish qobiliyati 865 kilogrammni tashkil etadi.

O‘zbekistonda pikaplar realizatsiyasi bilan Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlarida joylashgan 8 ta dilerlik markazlari shug‘ullanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring